Oʻquv markazingiz uchun tayyor LMS
Kurs soting, oʻqiting, sertifikat bering — bitta plaginda. Barcha maʼlumot oʻz saytingizda qoladi, tashqi platformaga foiz toʻlamaysiz.


Oʻqishga qulay bitta ekran
Kursni yaratish va boshqarish

YouTube videosi — sizning pleyeringizda

Kerakli xizmatlar bilan ishlaydi
Payme
Click
Zoom
Google Meet
YouTube
WordPress
Bitta tarif — hammasi ichida
Taqqoslash uchun ikkinchi ustun yoʻq: funksiyalar toʻliq.
Koʻp beriladigan savollar
Kalit qanday ishlaydi?
Toʻlovdan keyin sizga bitta litsenziya kaliti beriladi. Uni plagin sozlamalariga kiritasiz — kalit domeningizga bogʻlanadi va yangilanishlarni ochadi.
Saytni koʻchirsam?
Eski saytda «domenni boʻshatish» tugmasini bosasiz, keyin xuddi shu kalitni yangi domenda kiritasiz. Sinov va staging domenlari (localhost, staging.*, dev.*) aktivatsiyani sarflamaydi.
Yangilanish qancha vaqt?
Doimiy. Bitta toʻlov barcha keyingi versiyalarni qamrab oladi, yillik toʻlov yoʻq. Yangilanish wp-admin ichida oʻzi koʻrinadi.
Kalit boʻlmasa sayt oʻchadimi?
Yoʻq. Kurslar, testlar va sertifikatlar ishlayveradi. Toʻxtaydigan narsa — avtomatik yangilanish va yordam. Litsenziya serveri oʻchsa ham saytingiz hech narsa sezmaydi.
Oʻz temam bilan ishlaydimi?
Ha. Plagin tema bermagan ekranlarni oʻzi chizadi — Astra, Hello Elementor va blok temalar bilan sinalgan. «LMS mavzu» esa toʻliq dizayn bilan keladi.
Qaysi toʻlov tizimlari?
Payme va Click qutidan chiqadi. Naqd yoki bank oʻtkazmasi boʻlsa, talabani qoʻlda kursga yozish ham bor.
Bugun oʻrnating, ertaga birinchi kursingizni soting
Oʻrnatish 10 daqiqa: plaginni yuklang, kalitni kiriting, kursni yarating.
Bogʻlanish